Yangiliklarga qaytish
Klub yangiliklari

FARG‘ONA STADIONLARI OFK INSPEKSIYASIDAN O‘TMOQDA

3-iyul, 2026·1 min o'qish·8
5346192724345953675 (2)

Joriy yilning sentyabr oyida start oladigan Osiyo Chempionlar Ligasi Elite (ACLE) musobaqasida

Joriy yilning sentyabr oyida start oladigan Osiyo Chempionlar Ligasi Elite (ACLE) musobaqasida O‘zbekiston chempioni sifatida ishtirok etadigan «Neftchi» futbol klubining xalqaro uchrashuvlarga tayyorgarlik jarayonlari doirasida OFK komissari Kemel Tokabayev boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona shahriga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — musobaqa o‘yinlarini OFK talablariga muvofiq yuqori saviyada tashkil etish uchun sport infratuzilmalari va ularning xalqaro standartlarga tayyorgarlik darajasini o‘rganish hamda baholashdan iborat.

Delegatsiya o‘z ishini «Neftchi Arena» stadionidan boshladi. Unda futbol maydoni sifati, futbolchilar va rasmiylar uchun mo‘ljallangan kiyim almashtirish xonalari, sanitariya va yuvinish xonalari, shuningdek stadion infratuzilmasining boshqa muhim yo‘nalishlari batafsil ko‘zdan kechirildi.



Shundan so‘ng OFK vakillari FarDU stadioniga tashrif buyurib, mazkur sport inshootining mavjud infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Tashrifning navbatdagi bosqichida delegatsiya «Istiqlol» markaziy o‘yingohi hamda «Neftchi» futbol akademiyasida bo‘lib, ushbu majmualardagi sport obyektlarining texnik holati va musobaqalarni qabul qilishga tayyorgarlik darajasini baholadi.

Nazorat va o‘rganish ishlari davomida OFK delegatsiyasiga «Neftchi» PFK ijrochi direktori Zohidjon G‘ofurov hamda Farg‘ona viloyati futbol assotsiatsiyasi vise-prezidenti Nosirjon Otaqo‘ziyev hamrohlik qilib, obyektlar yuzasidan zarur texnik va tashkiliy ma’lumotlarni taqdim etdilar.

OFK delegatsiyasining Farg‘onadagi inspeksiya ishlari ertaga ham davom etadi. Tashrif yakunlari bo‘yicha stadionlar va sport majmualarining ACLE musobaqalarini qabul qilish bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga oid tegishli xulosalar shakllantiriladi

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

5346192724345953672534619272434595362153461927243459536205346192724345953611



Ulashish

O'xshash yangiliklar