“Al-Nassr” – “Neftchi" uchrashuvidan oldin tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11-oktabr, 2026·1 min o'qish·81

Elit Chempionlar Ligasi | 2-tur
“Al Nassr”—“Neftchi”
Jamoalar qaysi rangdagi liboslarda harakatlanishi ma’lum
Bugun Ar-Riyoddagi “Al Awwal Park” stadionida “Al-Nassr” – “Neftchi" uchrashuvidan oldin tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, “Al-Nassr” sariq-ko‘k rangli liboslarda, "Neftchi" esa oq-qora rangli liboslarda maydonga tushadi.
Ertaga “Al-Awwal Park”da katta futbol oqshomi!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati