Yangiliklarga qaytish
Klub yangiliklari

“NEFTCHI” XALQARO MAYDONDAGI 60-UCHRASHUVINI O‘TKAZDI

14-oktabr, 2026·1 min o'qish
neftchi AFC

Kecha Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasi doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” jamoasiga qarshi maydonga tushgan “Neftchi” xalqaro musobaqalardagi 60-yubiley uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv 3:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bo‘lsa-da, ushbu bahs klubimizning xalqaro maydondagi tarixida alohida o‘rin egallaydi.

“Neftchi”ning xalqaro musobaqalardagi 60 ta uchrashuvi besh xil turnir doirasida o‘tkazilgan. Ularning 16 tasi OFK kubogi, 2 tasi Osiyo kubok egalari kubogi, 17 tasi Osiyo klublar chempionati, 23 tasi Osiyo Chempionlar Ligasi va 2 tasi Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xalqaro maydondagi natijalar

Jamoamiz ushbu 60 ta uchrashuvning 27 tasida g‘alaba qozongan, 10 tasida durang qayd etgan va 23 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Umumiy to‘plar nisbati — 104:92.

Musobaqalar kesimida natijalar quyidagicha:

OFK kubogi — 16 ta uchrashuv:

• 7 ta g‘alaba;
• 5 ta durang;
• 4 ta mag‘lubiyat.

Osiyo kubok egalari kubogi — 2 ta uchrashuv:

• 1 ta g‘alaba;
• 1 ta mag‘lubiyat.

Osiyo klublar chempionati — 17 ta uchrashuv:

• 9 ta g‘alaba;
• 4 ta durang;
• 4 ta mag‘lubiyat.

Osiyo Chempionlar Ligasi — 23 ta uchrashuv:

• 9 ta g‘alaba;
• 1 ta durang;
• 13 ta mag‘lubiyat.

Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasi — 2 ta uchrashuv:

• 1 ta g‘alaba;
• 1 ta mag‘lubiyat.

Ikki murabbiy, 60 ta xalqaro uchrashuv

Klubimizning xalqaro maydondagi mazkur uchrashuvlari ikki murabbiy boshchiligida o‘tkazilgan. Shundan 58 ta bahs Yuriy Vazgenovich Sarkisyan, 2 ta uchrashuv esa Islombek Ismoilov qo‘l ostida o‘tkazilgan.

Yuriy Sarkisyan boshchiligida “Neftchi” xalqaro maydonda ko‘plab uchrashuvlarda ishtirok etib, klub tarixining muhim sahifalarini yaratdi. Islombek Ismoilov esa jamoani Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasi kabi nufuzli musobaqada boshqarib, ushbu tarixning navbatdagi sahifasini davom ettirmoqda.

Ulashish

O'xshash yangiliklar