«AL NASSR» — «NEFTCHI»: UCHRASHUV RASMIYLARI TAYINLANDI
11-oktabr, 2026·1 min o'qish·98

Xabaringiz bor, jamoamiz 12-oktyabr kuni OFK Chempionlar Ligasi Elitasi musobaqasining 2-bosqichida Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan uchrashuv rasmiylari tayinlandi:
🔹 Match komissari: Bassem Ez Zuhairi (Livan)
🔹 Hakamlar inspektori: Ismoil Adnan Ismoil Alxof (Iordaniya)
🔹 Bosh hakam: Ma Ning (Xitoy)
🔹 1-yordamchi hakam: Chjou Fey (Xitoy)
🔹 2-yordamchi hakam: Luo Chjen (Xitoy)
🔹 To‘rtinchi hakam: Chjan Ley (Xitoy)
🔹 VAR hakami: Fu Min (Xitoy)
🔹 VAR yordamchi hakami: Du Syanxin (Xitoy)
🔹 VAR axborot xizmati xodimi: Maher Abdelrahim Madi Shenар (Iordaniya)
"Neftchi" PFK matbuot xizmati