Yangiliklarga qaytish
Klub yangiliklari

ANTALIYADAGI O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

24-iyun, 2026·1 min o'qish·1
a092970a db1d 46e2 a1be 0624130d2a34

ANTALIYADAGI O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI MASHG'ULOTLAR FARG'ONADA DAVOM ETTIRILADI

Bosh murabbiy Islombek Ismoilov boshchiligidagi jamoamizning Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘z nihoyasiga yetdi.

10–24 iyun kunlari davom etgan yig‘in davomida futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot olib bordilar. Bundan tashqari, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlash maqsadida GYM sport zalida ham maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Burdur hududidagi, dengiz sathidan qariyb 1000 metr balandlikda joylashgan “Lavanta Tepesi” bazasida o‘tkazilgan yig‘in asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, chidamliligini oshirish hamda taktik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratildi. Murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida barcha mashg‘ulotlar yuqori saviyada olib borildi.

Shuningdek, jamoamiz yig‘in davomida 16 va 23 iyun kunlari tarkibni ikki guruhga bo‘lgan holda ichki nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlar murabbiylar shtabiga futbolchilarning holatini baholash va keyingi rejalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Umuman olganda, Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini rejalashtirilgan dastur asosida samarali va muvaffaqiyatli o‘tdi.

Endilikda jamoamiz ertaga yurtimizga qaytadi va 27-iyundan boshlab klub qarorgohida mavsumning navbatdagi uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettiradi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati


Ulashish

O'xshash yangiliklar