FACUNDO STYK — JAMOAMIZ BILAN DO‘STONA XAYRLASHDI!

FACUNDO STYK — JAMOAMIZ BILAN DO‘STONA XAYRLASHDI!
Jamoamiz murabbiylar shtabi a’zosi, tahlilchi (analitik) murabbiy Facundo Styk o‘zaro kelishuvga ko‘ra klubimizdagi faoliyatini yakunladi.
Bunga mutaxassisning Yevropaning nufuzli jamoasi safiga qo‘shilgani sabab bo‘ldi.
Facundo Styk jamoamiz safiga mavsum avvalida kelib qo‘shilgan bo‘lib, yanvar oyidan buyon bosh murabbiy Islombek Ismoilov va murabbiylar shtabiga analitika yo‘nalishida yaqindan yordam berib keldi. Uning zamonaviy futbolga bo‘lgan qarashlari, raqiblarni tahlil qilishdagi tajribasi hamda o‘z ishiga bo‘lgan professional yondashuvi jamoamizning ko‘plab muvaffaqiyatlarida muhim o‘rin tutdi.
Mutaxassis mart oyida jamoamiz bilan birgalikda O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritib, klubimiz tarixidagi yorqin sahifalardan biriga o‘z hissasini qo‘shdi. Qisqa vaqt ichida u nafaqat malakali mutaxassis, balki jamoamizning hurmatga sazovor insonlaridan biriga aylandi.
Facundo Stykka klubimiz nomidan bildirgan fidokorona mehnati, professionalligi va jamoamiz rivoji yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yorqin natijalar tilab qolamiz!
¡Gracias por todo, Facundo!
Grazie di tutto, Facundo!
Rahmat barchasi uchun, Facundo!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
ANTALIYADAGI O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
ANTALIYADAGI O‘QUV-MASHG‘ULOT YIG‘INI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI MASHG'ULOTLAR FARG'ONADA DAVOM ETTIRILADI
NEFTCHI CHEMPION
“NEFTCHI” VA YAPONIYANING NUFUZLI “YOKOHAMA” KLUBI BILAN HAMKORLIK QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun Farg‘onaning faxri — “Neftchi” futbol klubi qarorgohida Yaponiyaning nomdor