Yangiliklarga qaytish
Transfer

RASMAN: ABDULLA ABDULLAYEV — «NEFTCHI» A’ZOSI!

10-avgust, 2026·1 min o'qish·9
Neftchi2024

RASMAN: ABDULLA ABDULLAYEV — «NEFTCHI» A’ZOSI!

Jamoamiz yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. «Neftchi» PFK rahbariyati Superliga va milliy terma jamoamiz safida tajriba orttirgan tayanch yarim himoyachisi Abdulla Abdullayev bilan shartnoma imzoladi.

Abdulla Abdullayev faoliyati davomida o‘zining yuqori mahorati, maydonni yaxshi ko‘ra olishi, to‘p bilan ishlashdagi ishonchliligi va jangovar xarakteri bilan ajralib kelgan. Uning tajribasi va yarim himoyadagi ko‘p qirrali o‘yini jamoamizning ikkinchi davradagi muhim vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Yangi futbolchimizdan «Neftchi»ning sariq-qora libosida munosib o‘yinlar, muhim g‘alabalar va jamoaviy maqsadlarimiz sari qo‘shiladigan katta hissa kutib qolamiz.

Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va ko‘p sonli fidoiy muxlislarimiz nomidan Abdullaga «Neftchi»dagi faoliyatida omad, sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

«Neftchi»ga xush kelibsiz, Abdulla!

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

NEFTCHI FC


Ulashish

O'xshash yangiliklar