Yangiliklarga qaytish
Match report

KESKIN KURASHLAR OSTIDA KECHGAN BAHSDA JANGOVAR DURANG QAYD ETILDI

28-iyul, 2026·2 min o'qish·2
KESKIN KURASHLAR OSTIDA KECHGAN BAHSDA JANGOVAR DURANG QAYD ETILDI

KESKIN KURASHLAR OSTIDA KECHGAN BAHSDA JANGOVAR DURANG QAYD ETILDI

Bugungi uchrashuv har ikkala jamoaning keskin va faol hujumlari bilan boshlandi. Tezkor qarshi hujumga tayanib harakat qilgan namanganlik futbolchilar 3-daqiqadayoq muvaffaqiyat qozonishdi: Muhammadali Usmonov katta tezlikda oldinga o‘tib, kuchli zarba bilan hisobni ochdi — 0:1.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng mezbonlar hujumkorlikni sezilarli darajada oshirishdi. Garchi dastlabki zarbalar biroz noaniq chiqqan bo‘lsa-da, bo‘lim o‘rtalariga kelib vakillarimiz tashabbusni to‘liq o‘z qo‘llariga olishdi. Raqib jarima maydonchasi yonida bir nechta xavfli vaziyatlar yuzaga keltirilgan bo‘lsa-da, ularni yakunlashda aniqlik yetishmadi. Natijada birinchi bo‘lim namanganliklarning minimal ustunligi bilan yakunlandi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim vakillarimizning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi, biroq yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi. O‘yin sur’atini oshirish maqsadida 60-daqiqada tarkibda bir yo‘la to‘rtta o‘zgarish amalga oshirildi va bu bahsga yanada shiddat bag‘ishladi.Ko‘p o‘tmay, Zoran Marushich raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo unga so‘nggi soniyalarda biroz tezlik yetishmay qoldi. Shundan so‘ng ham jamoamiz raqib jarima maydonchasida ko‘plab xavfli vaziyatlarni sodir etdi, biroq ulardan unumli foydalana olmadi. Mehmonlar himoyachilari jonbozlik ko‘rsatib, bir necha bor to‘p yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lishdi va darvozani muqarrar gollardan saqlab qolishdi.Lekin bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda sahnaga jamoamiz sardori Anvarjon G‘ofurov chiqdi. U burchakdan oshirilgan uzatmani baland sakragan holda boshi bilan to‘pni chiroyli tarzda darvozaga kiritib, o‘yindagi muvozanatni tikladi. Shu tariqa shiddatli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda jangovar durang natijasi qayd etildi 1:1.

SUPERLIGA CHEMPIONATI
218 iyul 14-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni soat 20:00
"NEFTCHI" 1:1
"NAVBAHOR"
Gollar: Muhammadali Usmonov, 3'(0:1), Anvarjon G‘ofurov, 90+7'(1:1)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov
VAR: Akobirxo‘ja Shukurullayev
AVAR: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Shohruh Said

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikromjon Alibayev, 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumayev(15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev,84), 18.Stipe Perisa(32.Zoran Marushich,60), 20.Anvarjon Gʻofurov, 21..Muxsinjon Ubaydullayev(9.Xurshid G‘iyosov,60), 22.Alisher Odilov(8.Vladimir Yovovich,60), 77.Ratinho(34.Farrux Sayfiyev, 60)

Zaxirada: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 30.Rustambek Fomin

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Ulashish

O'xshash yangiliklar