Yangiliklarga qaytish
Match report

"NEFTCHI" DAN OCHL ELITDA TARIXIY VA SHONLI GʻALABA!

14-sentabr, 2026·1 min o'qish·9
ZORAN MARUSHICH NEFTCHI

"NEFTCHI"DAN OCHL ELITDA TARIXIY VA SHONLI GʻALABA!

Bahs farg‘onaliklarning ketma-ket tezkor hujumlari bilan boshlandi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yindagi ilk xavfli vaziyatni mehmonlar 3-daqiqada yaratishdi. Raqib hujumchisi darvozabon bilan deyarli bir vaziyatga chiqib borgan mahalda Botirali Ergashev ishonchli harakat qilib, jamoani muqarrar goldan qutqarib qoldi. Shundan so‘ng futbolchilarimizda bir qancha qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ulardan unumli foydalanishning imkoni bo‘lmadi. Birinchi bo‘lim golsiz durang bilan yakunlandi — 0:0.

Ikkinchi bo‘lim ham kutilganidek farg‘onaliklarning shiddatli va tezkor hujumlari bilan boshlandi. Vakillarimiz mehmonlar darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Ratino, Koffi Kouau va Zoran Marushich tomonidan yo‘llangan kuchli zarbalar raqib darvozabonining mahorati evaziga qaytarildi.
Uchrashuv davomida ulkan ustunlikka ega bo‘lgan jamoamiz, nihoyat, 82-daqiqada o‘z maqsadiga erishdi! O‘ng qanotdan havolatib uzatilgan to‘pga hammadan baland sakragan Zoran Marushich bosh bilan raqib darvozasini aniq nishonga oldi va stadionni larzaga keltirdi — 1:0! ⚽️ Navbatdagi hujumlarda hisobni yanada yirik ko‘rinishga keltirish uchun qulay imkoniyatlar bo‘ldi, biroq ushbu urinishlar samarasiz yakunlandi.
Hakam tomonidan ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6 daqiqada ham vakillarimiz tartibli himoyalanib, ustunlikni saqlab qolishdi. Shu tariqa, "Neftchi" musobaqadagi ilk uchrashuvidayoq muhim va qimmatli g‘alabani qo‘lga kiritdi!

AFC CHAMPIONS LEAGUE ELITE 2026/2027
14 sentyabr 1-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" o‘yingohi soat 18:45
"NEFTCHI" 1:0
"AIR FORCE"
Gollar: Zoran Marushich, 82'(1:0)

Bosh hakam: Adei Alnaqbi (BAA)
Yordamchi hakamlar: Sabet Al-Ali (BAA), Ali Rashid Alnuaimi (BAA)
Zaxira hakami: Suhail Almulla (BAA)
VAR: Easa Khalifa Alhajeri (BAA)
AVAR: Sultan Abdulrazzaq Al Marzooqi (BAA)
Nazoratchi: Yosef Mirza Rustom (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Kemel Tokabayev

"Neftchi": 1.Botirali ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikromjon Alibayev, 7.Abrorbek ismoilov(71.Bilolxon. Toshmirzayev,46), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 18.Stipe Perica(9.Xurshid G‘iyosov, 72), 22.Alisher Odilov(20.Anvarjon G‘ofurov,88), 31.Yan Sasse(32.Zoran Marushich,56), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo

Zaxiradagilar:
16.Ibrohim Shokirov, 45.Akbar To‘rayev, 3.Mishel Augusto, 17.Azizbek Muratov, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 27.Nurbek Sarsenbayev, 30.Rustambek Fomin, 88.Markus Forss

Bosh murabbiy: Islombek ismoilov

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar