Yangiliklarga qaytish
Match report

"PAXTAKOR" —"NEFTCHI" PREVYU

22-oktabr, 2026·1 min o'qish·3
NEFTCHI FC

Ertaga , 23-oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasi 25-tur doirasida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Toshkent shahrida “Paxtakor" klubi bilan bellashadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Kamoliddin Tojiyev boshchiligidagi "Paxtakor" 24-turdan so‘ng 53 ochko bilan 2-o‘rinda, Islombek Ismoilov boshqaruvidagi “Neftchi” esa 24 turdan so‘ng 55 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.

📊 TURNIR JADVALIDAGI HOLAT

“Paxtakor” — 2-o‘rin
24 o‘yin | 15 g‘alaba | 8 durang | 1 mag‘lubiyat
53 ochko | 43-22

“Neftchi” — 1-o‘rin
24 o‘yin | 17 g‘alaba | 4 durang | 3 mag‘lubiyat
55 ochko | 56-21


🤝 O‘ZARO O‘YINLAR

"Paxtakor" va "Neftchi" shu kunga qadar 63 marta o‘zaro bahs olib borgan.

“Paxtakor”  — 32 g‘alaba
  Durang    — 9
“Neftchi”  — 22 g‘alaba

Kiritilgan gollar — 105:70 “Paxtakor” foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
"Paxtakor” — "Neftchi"    6:0 “Neftchi” — "Paxtakor" 4:0

SO‘NGGI 5 UCHRASHUV

“Neftchi” — “Paxtakor”     0:1
“Paxtakor” — “Neftchi”     2:1
“Neftchi” —  “Paxtakor”    0:4
“Paxtakor” — “Neftchi”     0:0
“Neftchi” —  “Paxtakor”    0:2

Eslatib o‘tamiz, ertangi bellashuvni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

📅 23-oktyabr | 19:00
🏟 “Paxtakor” stadioni
⚔️ “Paxtakor” — “Neftchi"

Ulashish

O'xshash yangiliklar