Yangiliklarga qaytish
Match report

CHO‘QQI ZABT ETILDI! BIZ CHEMPIONMIZ!

28-noyabr, 2026·2 min o'qish·4
neftchi superliga 2026 chempioni

Birinchi bo‘lim jamoamizning faolligi va to‘p nazorati ostida boshlandi. Biroq uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni samarqandliklar yaratishdi: Anvar Hojimirzayev to‘pni egallab, darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi, ammo posbonimiz Botirali Ergashev ajoyib seyv namoyish etib, jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoldi.
Shundan so‘ng vakillarimiz hujumkorlikni yanada oshirishdi. Nurbek Sarsenbayevda hisobni ochish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, biroq uning yakuniy zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
Taymning qolgan qismida har ikki jamoa darvozasi oldida keskin vaziyatlar kuzatildi. Shunga qaramay, bo‘lim yakunida omad mehmonlarga kulib boqdi. 43-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pdan so‘ng Amadu Dumbiya hammadan chaqqonroq harakat qilib, hisobni ochdi — 0:1.
Oradan ko‘p o‘tmay samarqandliklar ustunlikni mustahkamlashga muvaffaq bo‘lishdi: darvozamiz tomon yo‘llangan dastlabki zarbani darvozabonimiz qaytargan bo‘lsa-da, qaytgan to‘pga yana o‘sha Amadu Dumbiya birinchi bo‘lib yetib keldi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi — 0:2. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz o‘yin sur’atini sezilarli darajada oshirib, raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli hujumlar uyushtira boshladi. Tinimsiz bosim 53-daqiqada o‘z samarasini berdi: Alisher Odilov to‘p uchun kurashda raqib himoyachilari tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatildi. Bosh hakam vaziyatni VAR tizimi orqali qayta ko‘rib chiqib, samarqandliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Jamshid Iskanderov zarbani qoyilmaqom tarzda ijro etib, oradagi farqni qisqartirdi — 1:2.
Hisobni tenglashtirish ishtiyoqida oldinga tashlangan vakillarimiz o‘yin yakuniga qadar ko‘plab golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada esa stadionni larzaga keltirgan voqea yuz berdi: raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan Asilbek Jumayev qoidabuzarlik bilan yiqitildi. Hakam yana bir bor VARga murojaat qildi va ikkinchi marta penalti belgiladi. Hal qiluvchi pallada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan maestro Jamshid Iskanderov bu safar ham sovuqqonlik bilan aniq zarba yo‘llab, dubl qayd etdi va hisobni tenglashtirdi — 2:2!

Shu tariqa, "Neftchi" o‘ta dramatik kechgan bahsda haqiqiy chempionlarga xos iroda namoyish etib, jamoaga qimmatli ochkoni taqdim etdi. "Neftchi" — chempion!

O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
28-noyabr 29-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" stadioni  soat 16:15
"NEFTCHI"    2:2
"DINAMO"
Gollar: Amadou Doumbouya, 43'(0:1), Amadou Doumbouya, 44'(0:2), Jamshid Iskanderov, 57' pen,(1:2), Jamshid Iskanderov, 90+7' pen (2:2)

Bosh hakam: Shavkat Nasibullayev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Abduraxmon Shukurullayev
Zaxira hakami: Maʼmurjon Ilxamov
VAR: Akobirxo‘ja Shukurullayev
AVAR: Kristina Sereda
Nazoratchi: Babur Xaydarov
Komissar: Shohruh Said

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 5.Ikrom Aliboyev, 7.Abrorbek Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 20.Anvarjon G‘ofurov(21.Muxsinjon Ubaydullayev,37'), 22.Alisher Odilov(11.Asilbek Jumayev,83'), 27.Nurbek Sarsenbayev(9.Xurshid G‘iyosov,46'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo(6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 70')

Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 4.Boyan Ciger, 30.Rustambek Fomin, 71.Bilolxon Toshmirzayev

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Ulashish

O'xshash yangiliklar