Yangiliklarga qaytish
Press reliz

ISLOMBEK ISMOILOV — OCHL ELIT TARIXIDAGI REKORDLAR SOHIBI!

16-sentabr, 2026·1 min o'qish·23
084A9554

ISLOMBEK ISMOILOV — OCHL ELIT TARIXIDAGI REKORDLAR SOHIBI!

Kecha “Al-Quwa Al-Jawiya” ustidan qozonilgan g‘alaba “Neftchi” uchun nafaqat muhim uch ochko, balki tarixiy natija bilan ham yodda qoldi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov bir kunda OCHL Elitning ikkita yosh rekordini yangiladi:

🔸 OCHL Elit tarixida uchrashuv o‘tkazgan eng yosh bosh murabbiy;

🔸 OCHL Elit tarixida g‘alaba qozongan eng yosh bosh murabbiy.

Shu tariqa, Islombek Ismoilov o‘z nomini Osiyo futbolining nufuzli musobaqasi tarixiga muhrladi.

Ayniqsa, Osiyo futbolini yaqindan kuzatuvchi xorijlik jurnalistlarning Islombek Ismoilov haqidagi e’tiroflari uning murabbiy sifatidagi salohiyatiga bo‘lgan xalqaro e’tibor tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

“Neftchi” — tarix yaratishda davom etmoqda!

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar