SURXON USTIDAN MUHIM G‘ALABA!

JAMOAMIZDAN MUHIM G‘ALABA!
Bugungi uchrashuv mezbonlarning ketma-ket uyushtirgan shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Vakillarimizning faolligi tez orada o‘z mevasini berdi: 12-daqiqada katta tezlikda to‘pni qabul qilib olgan Vladimir Yovovich raqib darvozasiga kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi — 1:0.
Urilgan goldan so‘ng ham "Neftchi" futbolchilari bosimni kamaytirishmadi. To‘xtovsiz hujumlar natijasida, 31-daqiqada Stipe Perisa raqib jarima maydonchasi ichida 11 metrlik jarima zarbasini ishladi. Penaltini hujumchining o‘zi sovuqqonlik bilan amalga oshirib, oradagi farqni yiriklashtirdi — 2:0.
Birinchi bo‘lim yakuniga qadar vakillarimizda hisobni yanada yirik ko‘rinishga olib kelish uchun bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ulardan unumli foydalanish nasib etmadi. Shu tariqa, jamoalar tanaffusga mezbonlarning ikki to‘p farqidagi ustunligi bilan yo‘l olishdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi ham vakillarimizning ustunligida boshlandi. Biroq 47-daqiqada kutilmagan xato tufayli mehmonlar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Darvozabonimiz to‘p bilan muomala qilishda xatoga yo‘l qo‘ygach, "Surxon" a’zosi Kamronbek Yusupov vaziyatdan unumli foydalanib, to‘pni darvozaga kiritdi — 2:1.
O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng futbolchilarimiz hujumkorlikni yanada oshirishdi. To‘xtovsiz bosim natijasida 64-daqiqada raqib darvozasi tomon yana 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Biroq bu safar penaltini amalga oshirgan Stipe Perisa imkoniyatdan foydalana olmadi — raqib posboni mahorat ko‘rsatdi.
Bahsning yakuniga qadar vakillarimiz hisobdagi farqni oshirish uchun qator xavfli hujumlarni tashkil etishdi. Ammo yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmagani bois hisob boshqa o‘zgarmadi. Shu tariqa, jamoamiz qiyin kechgan bahsda 2:1 hisobidagi minimal ustunlik bilan muhim g‘alabani tantana qildi.
O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
9 sentyabr 21-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" o‘yingohi soat 19:00
"NEFTCHI" 2:1
"SURXON"
Gollar: Vladimir Yovovich, 12'(1:0), Stipe Perica, 31' pen (2:0), Kamronbek Yusupov, 47'(2:1)
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodillo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Sherzod Rajabov
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Alibayev, 7.Abrorbek Ismoilov(20.Anvarjon G‘ofurov,90+3'), 8.Vladimir Yovovich(9.Xurshid G‘iyosov,45+3'), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 18.Stipe Perica(32.Zoran Marushich,65'), 22.Alisher Odilov(71.Bilolxon Toshmirzayev,65'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 19.Azizbek Erimbetov, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 27.Nurbek Sarsenbayev, 30.Rustambek Fomin
Bosh murabbiy: Islombek ismoilov
O'xshash yangiliklar
“NEFTCHI” — "SURXON" PREVYU
“NEFTCHI” — "SURXON" PREVYU
JAMOAMIZ QARSHIDA MAGʻLUBIYATGA UCHRADI
JAMOAMIZ QARSHIDA MAGʻLUBIYATGA UCHRADI
NAVBATDAGI UCHRASHUVNI ILGIZ TANTASHEV BOSHQARIB BORADI
NAVBATDAGI UCHRASHUVNI ILGIZ TANTASHEV BOSHQARIB BORADI