Yangiliklarga qaytish
Transfer

MARCUS FORSS — “NEFTCHI” FUTBOLCHISI!

13-sentabr, 2026·1 min o'qish·1
NEFTCHI FC

MARCUS FORSS — “NEFTCHI” FUTBOLCHISI!

Neftchi” futbol klubi finlyandiyalik hujumchi Marcus Forss bilan shartnoma imzolaganini rasman ma’lum qiladi.

1999-yil 18-iyunda Finlyandiyaning Turku shahrida tug‘ilgan Marcus Uolevi Forss — markaziy hujumchi sifatida faoliyat yuritadigan, zarur holatlarda har ikki qanotda ham o‘ynay oladigan futbolchi. Uning bo‘yi 1,82 metr, asosiy oyog‘i — o‘ng oyoq.

Forss futbolchilik faoliyatining katta qismini Angliyaning professional futbol tizimida o‘tkazgan. 13 yoshida “West Bromwich Albion” akademiyasiga qo‘shilgan futbolchi keyinchalik “Brentford” tizimida faoliyatini davom ettirgan va 2018-yilda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan.

“Brentford” safida Forss 2018–2022-yillar davomida to‘p tepdi. 2019/20-yilgi mavsumda ijara asosida “AFC Wimbledon” safida harakat qilib, 18 ta liga uchrashuvida 11 ta gol urdi. Keyinchalik “Hull City” safida ham ijara asosida o‘ynadi.

2022-yil yozida Marcus Forss “Middlesbrough” futbolchisiga aylandi. Angliyaning Championship ligasida jamoaning muhim hujumchilaridan biri bo‘lgan Forss klub safida barcha musobaqalarda 90 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol qayd etdi.

2025/26-yilgi mavsumni esa ijara asosida “Bolton Wanderers” safida o‘tkazdi.

🇫🇮 Marcus Forss — Finlyandiya milliy terma jamoasi a’zosi. U mamlakatining U17, U18, U19 va U21 terma jamoalarida ham o‘ynagan. 2020-yil noyabr oyida Finlyandiya bosh jamoasida debyut qilgan. Ilk xalqaro uchrashuvida Fransiyaga qarshi maydonga tushib, debyutini gol bilan nishonlagan. Forss Finlyandiyaning EURO-2020 tarkibidan ham joy olgan. Terma jamoa safida hozirga qadar 21 ta uchrashuvda 2 ta gol qayd etgan.

Marcus Forss endi o‘zining Angliyadagi katta futbol tajribasini Farg‘onaga olib keladi.

Marcus, “Neftchi”ga xush kelibsiz!

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar