YAN SASSE — “NEFTCHI”NING YANGI FUTBOLCHISI!

YAN SASSE — “NEFTCHI”NING YANGI FUTBOLCHISI!
Yhan Medeiros Sasse 1997-yil 24-iyunda Braziliyaning Porto Alegre shahrida tug‘ilgan. Hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadigan futbolchining bo‘yi 1,73 metr, asosiy oyog‘i esa — chap oyoq.
Faoliyati davomida Coritiba, Vasco da Gama, Çaykur Rizespor, América-MG, Wellington Phoenix va Espérance safida to‘p tepgan. Turli chempionatlarda 100 dan ortiq rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan.
🔥 Espérance safida Ligue 1 doirasida 60 ta uchrashuvda 18 ta gol urgan. 2024/25 mavsumida esa chempionatda 27 o‘yinda 10 ta gol qayd etgan.
🌍 Sasse 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. U Flamengo, Los Angeles FC va Chelseaga qarshi jami 3 ta uchrashuvda 156 daqiqa maydonda bo‘lgan.
💰Transfermarkt bo‘yicha futbolchining eng yuqori bozor qiymati — €1,4 mln.
Endi esa braziliyalik futbolchining yangi manzili — FARG‘ONA! 🇧🇷🇺🇿
YAN SASSE — “NEFTCHI”GA XUSH KELIBSAN!
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
RASMAN: ABDULLA ABDULLAYEV — «NEFTCHI» A’ZOSI!
RASMAN: ABDULLA ABDULLAYEV — «NEFTCHI» A’ZOSI!
KOFFI KOUAO – JAMOAMIZNING YANGI A'ZOSI!
KOFFI KOUAO – JAMOAMIZNING YANGI A'ZOSI!
BILOLXON TOSHMIRZAYEV YANA "NEFTCHI"DA!
BILOLXON TOSHMIRZAYEV YANA "NEFTCHI"DA!