Yangiliklarga qaytish
Superliga

“LOKOMOTIV” — "NEFTCHI" PREVYU

20-sentabr, 2026·1 min o'qish·2
084A9486

“LOKOMOTIV” — "NEFTCHI" PREVYU

Bugun, 20-sentyabr kuni, O‘zbekiston Superligasi 22-tur doirasida turnir peshqadami Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida “Lokomotiv” klubi bilan bellashadi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi.

Mirko Yelichich boshqaruvidagi “Lokomotiv” 21 turdan so‘ng 35 ochko bilan 4-o‘rinda, Islombek Ismoilov boshchiligidagi “Neftchi” esa 48 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda

📊 TURNIR JADVALIDAGI HOLAT

“Lokomotiv” — 4-o‘rin
21 o‘yin | 10 g‘alaba | 5 durang | 6 mag‘lubiyat
35 ochko | 36–27

“Neftchi” — 2-o‘rin
21 o‘yin | 15 g‘alaba | 3 durang | 3 mag‘lubiyat
48 ochko | 49–17


🤝 O‘ZARO O‘YINLAR

“Lokomotiv” va "Neftchi" shu kunga qadar 33 marta o‘zaro bahs olib borgan.

“Lokomotiv” — 16 g‘alaba
  Durang   — 7
“Neftchi”  — 10 g‘alaba

Kiritilgan gollar — 55:44 “Lokomotiv” foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
“Lokomotiv” — “Neftchi”    4:0
“Neftchi” — "Lokomotiv”    4:0

SO‘NGGI 5 UCHRASHUV

“Neftchi ” — “Lokomotiv”    3:1
“Lokomotiv” — “Neftchi ”    2:3
“Neftchi” —  “Lokomotiv”    1:1
“Lokomotiv” — “Neftchi”     1:3
“Neftchi” —  “Lokomotiv”    0:1

Eslatib o‘tamiz, bugungi bellashuvni Asker Najafaliyev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

📅 20-sentyabr | 19:30
🏟 “Lokomotiv” Stadioni
⚔️ “Lokomotiv” — “Neftchi"

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar