Yangiliklarga qaytish
O'yin oldi

"NEFTCHI" - “QIZILQUM" PREVYU

8-avgust, 2026·1 min o'qish·15
"NEFTCHI" - “QIZILQUM" PREVYU

"NEFTCHI" - “QIZILQUM" PREVYU

Superliganing 16-tur bahsida sevimli “Neftchi” jamoamiz Navoiyning «Qizilqum» klubini qabul qiladi.Ikkinchi davrani muvaffaqiyatli boshlash va turnir jadvalidagi mavqeni mustahkamlash uchun vakillarimiz maydonga faqat g‘alaba maqsadida tushadilar.

Statistik ma’lumot:
Superliga birinchiligi doirasida "Neftchi" hamda "Qizilqum" jamoalari shu kunga qadar 37ta rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishgan.Bularning 15tasida «Neftchi» ustun bo‘lgan, 11 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 11 ta bellashuvda «Qizilqum»ning qo‘li baland kelgan.To‘plar nisbati bo‘yicha ko‘rsatkich 52-37 «Neftchi» foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
04.04.2026.
"Qizilqum"-"Neftchi" 0:4
01.04.2022.
"Qizilqum"-"Neftchi" 3:0

Jamoalarning Farg‘onada qayd etgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari
22.11.2025.
"Neftchi"-"Qizilqum" 4:1
19.09.2024.
"Neftchi"-"Qizilqum" 2:2
23.11.2023.
"Neftchi"-"Qizilqum" 1:0
29.08.2022.
"Neftchi"-"Qizilqum" 2:1
19.10.2018.
"Neftchi"-"Qizilqum" 1:1

Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" o‘yingohidagi "Neftchi"-Qizilqum" uchrashuvini Jasur Muxtorov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 19:00da boshlanadi.

Bugun yigitlarimiz Farg‘ona futbolining haqiqiy kuchi, shijoati va irodasini namoyish etib, o‘z muxlislarini chiroyli gollar va g‘alaba bilan xursand etishlarini tilaymiz.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar