"SO‘GʻDIYONA" - "NEFTCHI" PREVYU

"SO‘GʻDIYONA" - "NEFTCHI" PREVYU
Bugun O‘zbekiston Superligasining 13-tur bahsida Islombek Ismoilov boshchiligidagi sevimli "Neftchi" jamoamiz Jizzax viloyatining Zomin shahrida "So‘g‘diyona" klubi mehmoni bo‘ladi.
STATISTIK MAʼLUMOT:
O‘zbekiston Superligasi doirasida "So‘g‘diyona" va "Neftchi" klublari shu kunga qadar 56 marta rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishgan. Bularning 12tasida "So‘g‘diyona" ustunlik qilgan, 12ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan va 32ta bahsda "Neftchi"ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 47-100 farg‘onaliklar foydasiga.
Jamoalarning o‘zaro qarama qarshilikdagi eng yirik g‘alabalari
02.10.2018.
"So‘g‘diyona"-"Neftchi" 3:0
14.08.2009.
"Neftchi"-"So‘g‘diyona" 7:0
Jizzaxda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
30.09.2025.
"So‘g‘diyona"-"Neftchi" 0:1
02.03.2024.
"So‘g‘diyona"-"Neftchi" 1:2
18.03.2023.
"So‘g‘diyona"-"Neftchi" 0:2
14.09.2022.
"So‘g‘diyona"-"Neftchi" 0:0
02.10.2018.
"So‘g‘diyona"-"Neftchi" 3:0
Eslatib o‘tamiz, bugungi "So‘g‘diyona"-"Neftchi" uchrashuvini Akobirxo‘ja Shukurullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Bellashuv Zomin shahridagi markaziy stadionda soat 20:00da boshlanadi.
Jamoamizga Zomin yashil maydonida faqat va faqat g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Olg‘a, "Neftchi", olg‘a Farg‘ona!