Yangiliklarga qaytish
O'yin oldi

"NEFTCHI" - "NAVBAHOR" PREVYU

28-iyul, 2026·1 min o'qish·8
"NEFTCHI" - "NAVBAHOR" PREVYU

"NEFTCHI" - "NAVBAHOR" PREVYU

Superliganing 14-tur doirasidagi  markaziy uchrashuv Farg‘ona shahrida kechadi. Vodiy derbisi maqomiga ega bo‘lgan ushbu  bellashuvda sevimli "Neftchi" jamoamiz Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi.

Statistik ma’lumot:
 O‘zbekiston chempionati doirasida "Neftchi" hamda "Navbahor" jamoalari shu kunga qadar 62 marta rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etishgan. Bularning 28 tasida "Neftchi"ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 19ta bellashuvda murosa ko‘chasi tanlangan va 15ta o‘yinda "Navbahor" g‘alaba qozongan. Umumiy to‘plar nisbati 88-62 farg‘onaliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
30.05.2001.
"Neftchi"-"Navbahor" 4:1
02.08.2003.
"Navbahor"-"Neftchi" 2:0

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

05.04.2025.
"Neftchi"-"Navbahor" 3:2
20.10.2024.
"Neftchi"-"Navbahor" 2:2
25.06.2023.
"Neftchi"-"Navbahor" 0:0
18.10.2022.
"Neftchi"-"Navbahor" 1:2
02.08.2018.
"Neftchi"-"Navbahor" 2:1

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi"-"Navbahor" bellashuvida Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi. Uchrashuv "Istiqlol" markaziy o‘yingohida soat 20:00da boshlanadi.

Bugungi prinsipial bahsda futbolchilarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etib,barcha farg‘onalik muxlislarni ijobiy natija bilan xursand qilishlarini tilab qolamiz.

Olg‘a "Neftchi", olg‘a Farg‘ona!

Ulashish

O'xshash yangiliklar