Yangiliklarga qaytish
Match report

" NEFTCHI " - "PAXTAKOR" PREVYU

29-avgust, 2026·1 min o'qish·8
NEFTCHI FC

" NEFTCHI " - "PAXTAKOR" PREVYU

Bugun O‘zbekiston kubogining 1/8 final bahsida sevimli "Neftchi" jamoamiz Toshkentning "Paxtakor" klubini qabul qiladi. Ushbu "O‘zbek Klasikosi" bellashuviga qiziqish va e’tibor har qachongidan ham yuqori. Chunki yashil maydonda o‘zbek futbolining ikki azaliy va eng titulli raqiblari kuch sinashadi.

STATISTIK MAʼLUMOT:
O‘zbekiston kubogi musobaqasi tarixida "Neftchi" va "Paxtakor" jamoalari o‘zaro 15 bor to‘qnash kelishgan bo‘lib, ularda yaqqol ustunlik poytaxtliklar tomonida.  "Neftchi" 3 ta o‘yinda g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Paxtakor" 12 ta uchrashuvda zafar quchgan.

O‘zbekiston kubogi doirasidagi azaliy raqiblar — "Neftchi" hamda "Paxtakor" o‘rtasida kechgan barcha uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:

07.08.2011.
"Paxtakor"-"Neftchi"   2:1
02.08.2011.
"Neftchi"-"Paxtakor"   0:1
30.07.2009.
"Neftchi"-"Paxtakor"   3:2
26.07.2009.
"Paxtakor"-"Neftchi"   4:1
02.08.2008.
"Paxtakor"-"Neftchi"   3:0
28.07.2008.
"Neftchi"-"Paxtakor"   0:2
06.11.2007.
"Neftchi"-"Paxtakor"   3:2
26.09.2007.
"Paxtakor"-"Neftchi"   4:1
26.11.2005.
"Paxtakor"-"Neftchi"   1:0
02.09.2004.
"Neftchi"-"Paxtakor"   1:2
10.08.2004.
"Paxtakor"-"Neftchi"   1:0
09.08.2002.
"Paxtakor"-"Neftchi"    6:3
04.08.2001.
"Paxtakor"-"Neftchi"    2:1
25.11.1997.
"Paxtakor"-"Neftchi"    3:2
10.11.1996.
"Neftchi"-"Paxtakor"    5:4

Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" stadionida kechadigan shiddatli bahsni Shavkat Nasibullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Bugungi bahsda futbolchilarimiz bor kuch va mahoratlarini ishga solib, barcha farg‘onalik muxlislarimizni chiroyli g‘alaba bilan xursand qilishlariga tilakdoshmiz.

OLG‘A "NEFTCHI", OLG‘A FARG‘ONA!


"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar