Yangiliklarga qaytish
Match report

JAMOAMIZ BUXORODA MAG‘LUBIYATGA UCHRADI

18-avgust, 2026·2 min o'qish·3
NEFTCHI FC

JAMOAMIZ BUXORODA MAG‘LUBIYATGA UCHRADI

Buxorodagi uchrashuvning birinchi bo‘limi to‘liq "Neftchi"ning ustunligida o‘tdi. Dastlab Xurshid Gʻiyosov, keyinchalik esa Asilbek Jumayevda hisobni ochish uchun bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, biroq ularning zarbalariga aniqlik yetishmadi.
Katta tashabbusga ega bo‘lishiga qaramay, farg‘onaliklar 37-daqiqada o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilayotgan vaziyatda Nurmuhammad Abdug‘aniyev o‘z jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi va bosh hakam penalti belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Sherzod Esanov esa imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi — 1:0. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng  futbolchilarimiz hujumlarni yanada kuchaytirishdi. Ko‘rsatilgan faollik 45+3-daqiqada o‘z mevasini berdi: farg‘onaliklarning yosh iste’dodi Nurmuhammad Abdug‘aniyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi — 1:1. Jamoalar aynan shu hisobda tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshidayoq mezbonlar burchak to‘pini qo‘lga kiritishdi. 46-daqiqada amalga oshirilgan burchak uzatmasidan so‘ng, Sherzod Esanov kutilmaganda boshi bilan zarba yo‘llab, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shundan so‘ng, farg‘onaliklar katta kuch bilan oldinga intilib, raqib darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo barcha urinishlar samarasiz yakunlandi. 73-daqiqada esa tezkor qarshi hujumga o‘tgan mezbonlar Temur Mamasidiqovning goli evaziga oradagi farqni oshirishdi — 3:1.
Shunga qaramay, hujumkorlikni susaytirmagan futbolchilarimiz xavfli vaziyatlar yaratishda davom etdilar. Biroq, o‘yinga qo‘shib berilgan 90+2-daqiqada Vladimir Rodich darvozamizga to‘rtinchi to‘pni kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 4:1.


O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
18 avgust 18-tur
Buxoro shahar, "Buxoro FM" stadioni soat 20:00
"BUXORO" 4:1
"NEFTCHI"
Gollar: Sherzod Esanov, 37’pen (1:0), Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 45+3’(1:1), Sherzod Esanov, 46’(2:1), Temur Mamasidiqov, 73'(3:1), Vladimir Rodich, 90+2'(4:1)

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Zufar Elibayev, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Dilshod Axmedov
VAR: Asker Nadjafaliyev
AVAR: Alisher Usmanov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Vladimir Nazarov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 8.Vladimir Yovovich(32.Zoran Marushich,83), 9.Xurshid Gʻiyosov(27.Nurbek Sarsenbayev,83), 11.Asilbek Jumayev(52.Koffi Kouao, 63), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 18.Stipe Perica(30.Rustambek Fomin, 83), 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 22.Alisher Odilov, 34.Farrux Sayfiyev

Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 10.Jamshid Iskanderov, 19.Azizbek Erimbetov,

Bosh murabbiy: Islombek ismoilov

Ulashish

O'xshash yangiliklar