Yangiliklarga qaytish
Match report

QIZILQUM USTIDAN CHIROYLI VA YIRIK GʻALABA!

8-avgust, 2026·2 min o'qish·15
QIZILQUM USTIDAN CHIROYLI VA YIRIK GʻALABA!

JAMOAMIZDAN CHIROYLI VA YIRIK GʻALABA!

Uchrashuv mezbonlarning faolligi bilan boshlandi va ular 2-daqiqadayoq tezkor gol urishga muyassar bo‘lishdi: chap qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Alisher Odilov qabul qilib, bir nechta himoyachini katta tezlikda aldab o‘tdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi — 1:0.
Urilgan goldan so‘ng jamoamiz hujumkorlikni davom ettirdi, biroq yaratilgan bir nechta qulay vaziyatlarda futbolchilarimizning zarbalariga aniqlik yetishmadi. 22-daqiqada esa mehmonlar vakili Gʻiyosjon Rizaqulov kuchli zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirishga yaqin keldi, ammo uning bu xavfli urinishini darvozabon Botirali Ergashev mahorat bilan qaytardi.
Bo‘lim yakunlanishi arafasida, ya’ni 42-daqiqada chap qanotdan uyushtirilgan navbatdagi hujum ikkinchi gol bilan yakunlandi: havolatib oshirilgan to‘pni Jamshid Iskanderov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi — 2:0. Birinchi bo‘lim ana shunday ishonchli hisob bilan yakun topdi.

Ikkinchi bo‘lim ham to‘liq jamoamiz ustunligida o‘tdi. Uchrashuvning 63-daqiqasida murabbiylar shtabi tomonidan tarkibga yangi kuchlarning kiritilishi o‘yinni yanada jonlantirdi va jozibaliroq qildi. Ko‘p o‘tmay, chiroyli tashkil etilgan kombinatsiyani Jamshid Iskanderov gol bilan yakunlab, raqib darvozasini uchinchi bor ishg‘ol etdi — 3:0.
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay sahnaga xorvatiyalik legioner hujumchimiz Stipe Perisa chiqdi: uning raqib himoyachilari qurshovidan yo‘llagan qoyilmaqom zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi — 4:0.
Yirik hisobga qaramay hujumkorlikni susaytirmagan futbolchilarimiz 84-daqiqada beshinchi golni ham urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu vaziyatda Alisher Odilov yuqori tezlik evaziga himoyachilardan qochib ketdi va to‘pni darvozaning o‘ng burchagiga aniq joylab qo‘ydi — 5:0. Uchrashuv so‘nggiga qadar ustunlikni qo‘ldan boy bermagan yigitlarimiz yakunda yirik va chiroyli g‘alabani rasmiylashtirishdi.


O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
8 avgust 16-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" markaziy o‘yingohi soat 19:00
"NEFTCHI" 5:0
"QIZILQUM"
Gollar: Alisher Odilov, 2'(1:0), Jamshid Iskanderov, 42'(2:0), Jamshid Iskanderov, 63'(3:0), Stipe Perica, 71'(4:0), Alisher Odilov, 84'(5:0)

Bosh hakam: Jasur Muxtorov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adxamjon Rixsiboyev
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliyev
VAR: Rustam Choriyev
AVAR: Elnur Doniyorov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Vladimir Nazarov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev,4.Boyan Ciger, 5.Ikromjon Alibayev(8.Vladimir Yovovich,63), 6.Ibrohim Halil Yuldoshev, 9.Hurshid G‘iyosov(11.Asilbek Jumayev,63), 10.Jamshid Iskanderov(21.Muxsinjon Ubaydullayev,76), 18.Stipe Perica(32.Zoran Marushich,76), 20.Anvarjon G‘ofurov(15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev,46), 22.Alisher Odilov, 34.Farrux Sayfiyev, 77.Ratinho

Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 2.Izzatillo Po‘latov, 30.Rustambek Fomin, 71.Bilolxon Toshmirzayev

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Ulashish

O'xshash yangiliklar