Yangiliklarga qaytish
Klub yangiliklari

Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi

11-avgust, 2026·1 min o'qish·6
Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi

Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi

Xabaringiz bor, jamoamiz O‘zbekiston Superligasining 16-turida Navoiyning «Qizilqum» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng futbolchimiz Anvar G‘ofurov bel sohasida og‘riq his qilgani sababli almashtirildi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining bel sohasidagi avvalgi jarohati qaytalangani aniqlandi.

Ayni vaqtda Anvar G‘ofurov neyroxirurglar tavsiyasi va nazorati ostida konservativ usulda davolanish hamda reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda. Umurtqa bilan bog‘liq jarohatlarda reabilitatsiya va sportga qaytish jarayoni mutaxassis nazorati ostida bosqichma-bosqich olib boriladi.

Dastlabki reja bo‘yicha futbolchimiz taxminan 10 kun davomida davolanadi. Keyingi holati tibbiy ko‘riklar asosida baholanib, shundan so‘ng jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi belgilanadi.

Anvarga tezroq sog‘ayib, safimizga qaytishini tilaymiz!

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar