JAMOAMIZ YIRIK G‘ALABA BILAN KARVONBOSHILIKNI DAVOM ETTIRMOQDA

JAMOAMIZ YIRIK G‘ALABA BILAN KARVONBOSHILIKNI DAVOM ETTIRMOQDA
Kutilganidek, uchrashuvning birinchi bo‘limi jamoamizning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi. Vakillarimiz tomonidan tashkil etilgan chiroyli kombinatsiyalar va kuchli zarbalar mehmonlar darvozasi oldida bir necha bor xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Bunday bosim esa tez orada o‘z samarasini berdi: 23-daqiqada Kouao, Yovovich va Marushich ishtirokidagi ajoyib kombinatsiya gol bilan yakunlandi — 1:0.
Urilgan goldan so‘ng futbolchilarimiz hisobdagi farqni oshirish uchun oldinga intilishdi. Biroq Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Alisher Odilov va Vladimir Yovovichning xavfli zarbalarini raqib posboni mahorat bilan qaytardi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar ham javob hujumi uyushtirishdi. 41-daqiqada Javohir Qahramonovning yo‘llagan kuchli zarbasini darvozabonimiz Botirali Ergashev chiroyli seyv evaziga bartaraf etdi. Shu tariqa, jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida yo‘l olishdi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi ham to‘liq jamoamizning ustunligida kechdi. Dastlabki daqiqalardanoq raqib darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan vakillarimiz 60-daqiqaga kelib hisobdagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘ng qanotdan havolatib uzatilgan to‘pga hammadan baland sakragan Zoran Marushich bosh bilan aniq zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol etdi — 2:0.
Muvaffaqiyatdan ruhlangan futbolchilarimiz hisobni yanada yiriklashtirish uchun bir nechta qulay imkoniyatlarga yuzaga keltirishdi. Bu esa 90+9 daqiqada Stipe Perica tomonidan kiritilgan uchinchi gol bilan yakunlandi.
Shu tariqa, jamoamiz muhim yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi va turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi
O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
23 avgust 19-tur
Farg‘ona shahar, "Istiqlol" o‘yingohi soat 19:00
"NEFTCHI" 3:0
"SO‘G‘DIYONA"
Gollar: Zoran Marushich, 24'(1:0), Zoran Marushich, 60'(2:0), Stipe Perica, 90+9'(3:0)
Chetlatish: Shohjahon Sultonmurodov,68 (So‘g‘diyona)
Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘rayev
Yordamchi hakamlar: Islom Nosirov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Alisher To‘xtasinov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Husan Xudoyberdiyev
Nazoratchi: Marat Ismailov
Komissar: Davron Ibrohimov
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger(34.Farrux Sayfiyev,88), 5.Ikromjon Alibayev, 6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 8.Vladimir Yovovich,11.Asilbek Jumayev(9.Xurshid G‘iyosov, 69), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 22.Alisher Odilov, 32.Zoran Marushich(18.Stipe Perica,88), 52.Koffi Kouao(2.Izzatillo Po‘latov,77), 71.Bilolxon Toshmirzayev(21.Muxsinjon Ubaydullayev, 69)
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 29.Yahyoxon Isaqov, 30.Rustambek Fomin, 50.Fayzullo Nurmuhammadov
Bosh murabbiy: Islombek ismoilov
O'xshash yangiliklar
JAMOAMIZ BUXORODA MAG‘LUBIYATGA UCHRADI
JAMOAMIZ BUXORODA MAG‘LUBIYATGA UCHRADI
VODIY DERBISIDA YIRIK VA MUHIM GʻALABA!
VODIY DERBISIDA YIRIK VA MUHIM GʻALABA!
QIZILQUM USTIDAN CHIROYLI VA YIRIK GʻALABA!
JAMOAMIZDAN CHIROYLI VA YIRIK GʻALABA!