Yangiliklarga qaytish
Klub yangiliklari

MUNOSIB MEHNATGA — YUKSAK E’TIROF

28-avgust, 2026·1 min o'qish·1
NEFTCHI FC

MUNOSIB MEHNATGA — YUKSAK E’TIROF

Farg‘ona futboli rivoji, klubimiz nufuzi va mamlakatimiz sporti taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan “Neftchi” futbol klubi vakillari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan bir guruh yurtdoshlarimiz taqdirlandi.

Quvonarlisi, ushbu e’tirof “Neftchi” oilasi vakillarini ham chetlab o‘tmadi.

“Neftchi” PFK bosh direktori Mansurbek Toshmatov, klub bosh murabbiyi Islombek Ismoilov hamda klub faxriysi, uzoq yillar davomida “Neftchi” futbol klubi tizimida samarali faoliyat yuritib kelgan Lev Viktorovich Vahtin futbolimiz rivojiga qo‘shgan hissasi, klub taraqqiyoti yo‘lidagi ko‘p yillik mehnati va sport sohasidagi xizmatlari uchun mazkur esdalik nishoniga munosib ko‘rildilar.

Bu mukofot — nafaqat shaxsiy mehnat va xizmatlarga berilgan yuksak baho, balki “Neftchi” klubining ko‘p yillik tarixida fidokorona mehnat qilgan insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborning ham yorqin ifodasidir.

“Neftchi” futbol klubi Mansurbek Toshmatov, Islombek Ismoilov va Lev Viktorovich Vahtinni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan tabriklaydi!

Ularning bundan keyingi faoliyatida ham ulkan zafarlar, yangi marralar va “Neftchi” bilan birgalikda tarixiy natijalar tilaymiz!

Mukofotingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿

NEFTCHI FCNEFTCHI FCNEFTCHI FCNEFTCHI FC



"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar