BILOLXON TOSHMIRZAYEV YANA "NEFTCHI"DA!

BILOLXON TOSHMIRZAYEV YANA "NEFTCHI"DA!
O‘tgan mavsumda «Neftchi»ning yorqin va shiddatli o‘yinlariga o‘zgacha fayz bag‘ishlagan, jamoamizning zafarli yurishlari va chempionlik shodiyonalarida ulkan hissa qo‘shgan mahoratli yarim himoyachi Bilolxon Toshmirzayev jonajon klubiga qaytdi!
Iqtidorli futbolchi va klub rahbariyati o‘rtasida 1,5 yillik rasmiy shartnoma imzolandi.
Uning maydondagi kreativ fikrlashi, tezkor qarorlari va yuqori texnikasi jamoamiz hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishiga ishonchimiz komil.
«Neftchi» futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va ko‘p sonli fidoyi muxlislarimiz nomidan Bilolxonni jamoamizga qaytishi bilan qutlaymiz! Unga «Neftchi» sharafini munosib himoya qilishda, yangi zafarlar va tarixiy g‘alabalarni qo‘lga kiritishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati