"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

“NEFTCHI” – “MASH’AL” PREVYU

Xabaringiz bor, 27 fevral kuni mamlakatimizda Superliga chempionatiga start berildi. Ushbu mavsumda Islombek Ismoilov bosh murabbiyligida maydonga harakatlanadigan sevimli “Neftchi” jamoamiz birinchi tur bellashuvini Farg‘onadagi muhtasham “Istiqlol” markaziy o‘yingohida Muborakning “Mash’al” klubini qabul qiladi.

Statistik ma’lumot: raqibimiz “Mash’al” jamoasi bilan “Neftchi” O‘zbekiston Superligasi doirasida 36 marta kuch sinashgan. Bulardan 23 ta o‘yinda “Neftchi” g‘alaba qozongan, ikkita bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 11 ta bahsda “Mash’al”ning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 69-36 farg‘onaliklar foydasiga.
Eng yirik g‘alabalar:
29.07.1995.
“Neftchi”-“Mash’al” 7:0
22.09.2012.
“Mash’al”-“Neftchi” 3:0

Jamoalarning Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalari:

21.08.2025.
“Neftchi”-“Mash’al” 3:0
19.11.2017.
“Neftchi”-“Mash’al” 2:1
09.09.2016.
“Neftchi”-“Mash’al” 1:2
18.04.2015.
“Neftchi”-“Mash’al” 1:0
26.04.2014.
“Neftchi”-“Mash’al” 0:0

Eslatib o‘tamiz, “Istiqlol” markaziy o‘yingohidagi Superliganing ochilish uchrashuvini Ahrol Risqullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Boshlanish vaqti 18:45 da.

Yangi mavsumning ochilish o‘yinida yigitlarimizga kuch-g‘ayrat, o‘z tajriba va mahoratlarini to‘liq namoyish etgan holda, g‘olibona harakatlari bilan barcha farg‘onalik futbolsevar muxlislarimizni xushnud etishlarini tilaymiz.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: