"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

BUGUN YANGI MAVSUM OLDIDAN «NEFTCHI» JAMOASI UCHUN MAXSUS SEMINAR TASHKIL ETILDI

Seminarda tajribali mutaxassislar Sulton Zaylobiddinov, Shohruh Aʼzamov va Olimjon To‘ychiboyevlar yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin jarayonidagi yangilangan talablarga moslashish hamda hakamlik qarorlaridagi o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berib o‘tdilar.

Seminar davomida:
🔹 2026-yilgi mavsumdan boshlab kuchga kiradigan yangi qoidalar va reglamentdagi o‘zgarishlar;
🔹 Hakamlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar mezonlari;
🔹 VAR bilan bog‘liq tartib va protseduralar;
🔹 Qo‘pollik, qo‘l bilan o‘ynash, ofsayd va intizomiy jazolar bo‘yicha yangilangan talqinlar;
🔹 Texnik hudud madaniyati va murabbiylar shtabi uchun belgilangan talablar bo‘yicha batafsil taqdimot va amaliy misollar orqali tushuntirishlar berildi.

Instruktor o‘yin davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni videolavhalar orqali tahlil qilib, futbolchilar va murabbiylarga yangi mavsumda hakamlar qanday mezon asosida qaror qabul qilishini aniq misollar bilan ko‘rsatib berdi.

Mazkur seminar yangi mavsum oldidan klub vakillari bilan ochiq muloqot o‘rnatish, bahsli vaziyatlar sonini kamaytirish va o‘yin sifatini oshirishga xizmat qiladi.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: