Jamoamiz safida o‘tgan mavsumdan buyon faoliyat olib borgan va chempionlik yo‘lida munosib hissa qo‘shgan legioner hujumchi Silvanus Nimely, shuningdek mavsum boshida tarkibimizga kelib qo‘shilgan vinger Farhod Sohibjonov mavsumning qolgan qismini ijara asosida “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Mazkur ijara kelishuvi uch tomon — futbolchilar, jamoamiz hamda “Qo‘qon-1912” klubi uchun ham manfaatli hisoblanadi. Bu qaror o‘yin amaliyotini oshirish, tajriba to‘plash va kelgusida yanada kuchliroq bo‘lib qaytish uchun muhim qadamdir.
Futbolchilarimizga yangi jamoasida omad, muvaffaqiyat va yorqin o‘yinlar tilab qolamiz!
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
