"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

RASMAN: STIPE PERICA “NEFTCHI” A’ZOSI

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan va tarkibni kuchaytirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirayotgan jamoamiz bugun xorvatiyalik mahoratli hujumchi Stipe Perica bilan shartnoma imzoladi.

Stipe Perica 1995 yilning 7 iyulida Xorvatiyaning Zadar shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 2012 yilda Xorvatiyada boshlagan Stipe Perica 2013 yilda Angliyaning “Chelsea”, keyinchalik esa Italiyaning “Udinese” va “Frosinone”, Turkiyaning “Kasimpasha”, Angliyaning “Watford”, Isroilning “Maccabi”, Belgiyaning “Standard” va Ruminiyaning “Dinamo” kabi taniqli jamoalarida to‘p surdi. 2013/2016 yillar davomida futbolchi Xorvatiyaning U-19, U-20 va U-21 terma jamoalari sharafini himoya qildi. Bundan tashqari Stipe Perica Yevropaning nufuzli musobaqalarida ham ishtirok etdi. Ular orasida UEFA Konferensiyalar ligasi, Yevropa pley-off ligasi, Toto kubogi, Angliya futbol liga kubogi, Niderlandiya kubogi, Italiya kubogi, Belgiya kubogi musobaqalaridir.

Jamoamiz va farg‘onalik futbol muxlislari nomidan Stipe Pericaga “Neftchi” sharafini munosib himoya qilishiga katta ishonch bildiramiz va faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

DOBRODOŠAO STIPE!

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: