Bugun Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan «Muruvvat» bolalar uyida o‘zgacha shukuh, o‘zgacha hayajon hukm surdi. Bayram tantanalari uchun bezatilgan sahna atrofida rang-barang sharlar, xilpiradi. «Neftchi» —faxrimiz, «Yangi mavsum —yangi g‘alabalar!»,- degan shiorlar qalblarga jo‘shqinlik baxsh etdi.
Sahna markazida zamonaviy ovoz kuchaytirgichlar orqali karnaylardan jaranglayotgan tantanavor kuy yuraklarni tezroq urishga daʼvat etib, ko‘zlarda esa porloq umid uchqunlarini yoqdi.
Bugun hammamiz uchun unutilmas kun bo‘ldi. Yangi mavsum arafasida jamoamiz safiga qo‘shilgan yangi yulduzlar tantanali ravishda kutib olindi. Bu nafaqat tanishtiruv marosimi, balki — bu ishonch, bu orzu, bu g‘alabaga tashlangan dadil qadamdir!
Tadbir avvalida sahnaga yangi mavsum umidlari —»Neftchi»ning yangi qahramonlari chiqib kelishdi. Shundan so‘ng jamoamiz vakillari tomonidan maydonda haqiqiy mahorat darsi, yaʼni unutilmas» master-klass» namoyish etildi. To‘p harakati, nozik fintlar, aniqlik va tezlik — bularning barchasi bolajonlar qalbida orzu uchqunini yoqdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Master-klass namoyishidan so‘ng maydonda to‘plangan barcha futbolchi va bolajonlar bir ovozdan — «Mehr bilan kuchlimiz!» va «Biz birgalikda kuchmiz!» shiorini baland va faxr bilan jaranglatishdi.
«Muruvvat» bolalar uyida quvonch va hayajonlarga boy o‘tgan bugungi shodiyona tadbirlari samimiy uchrashuv, mehr, birlik va ishonch ramziga aylandi.
Nogironli bolalar uyidagi tadbirdan so‘ng «Neftchi» jamoasi aʼzolari va rasmiy shaxslar Farg‘ona shahrida joylashgan «Sahovat» markaziga yo‘l oldilar.
«Sahovat» uyida jamoamiz vakillari, rasmiylar va nuroniylar ishtirokida qurbonlik marosimi o‘tkazildi va duo-fotiha o‘qildi. Shundan so‘ng futbolchi va murabbiylarimiz tomonidan tayyorlab qo‘yilgan shirinlik va oziq ovqat maxsulotlari sahovat markazi ishtirokchilarining xonalariga kirib tarqatildi. «Sahovat» uyidagi tadbir yakunida nuroniylar bilan esdalik uchun jamoaviy suratga tushgan jamoamiz vakillari iftorlik dasturxonida ishtirok etishdi.
Yangi mavsumda xayrli ishlarga qo‘l urgan sevimli «Neftchi» jamoamiz— O‘zbekiston chempionlariga ulkan zafarlar, muxlislarimizga esa cheksiz quvonch tilaymiz!
Jamoamizga qo‘shilgan yangi futbolchilarga liboslar tantanali tarzda topshirildi.
Yangi mavsumda jamoamizning yangi a’zolari quyidagi raqamlarda harakat qilishadi:
16 — Ibrohim Shokirov
2 — Izzatillo Po‘latov
44 — Mo‘minxon Bahodirxonov
9 — Xurshid G‘iyosov
77 — Ratinho
14 — Daler Tuxsanov
30 — Rustam Fomin
11 — Asilbek Jumayev
18 — Perica Stipe
Bolajonlar qo‘lidan olingan har bir libos – bu shunchaki futbolka emas, bu ishonch, duo va katta mas’uliyatdir.
Mehr bilan kuchlimiz! 💛🖤
Yangi mavsum — yangi tarix! Olg‘a «Neftchi»










