Shan. Fev 28th, 2026

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

YOSHLAR JAMOAMIZ BIRINCHI UCHRASHUVINI G’ALABA BILAN BOSHLADI!

Bugun O‘zbekiston U-21 chempionatida jamoamiz o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Oʻzbekiston U-21 milliy futbol terma jamoasi safidagi vakillarimiz bosh murabbiy Sanjar Roman boshchiligida yangi mavsumning ilk tur uchrashuvini Farg‘onadagi Neftchi Arena stadionida o‘tkazishdi.
Tomoshabop va murosasiz kechgan bahsda taqdirni bitta gol hal qildi. Uchrashuvning yagona va g‘alaba keltirgan goliga hujumchi Nurbek Sarsenbayev mualliflik qildi.
Mazkur muvaffaqiyat jamoamizga musobaqani ko‘tarinki ruhda davom ettirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi qadam tashlandi — endi oldinda yanada mas’uliyatli va qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda.

U21 MUSOBAQASI
Farg’ona «Neftchi-Arena» stadioni
27.02.2026 | 15:00 (Juma)
«Neftchi» U-21 1:0 «Mash’al» U-21

Gollar: Nurbek Sarsenbayev 49 pen 1:0
Hakamlar: Umidjon Rahimjonov, Aziz Isaqov, Shohrux A’zamov
Zahira hakami: Ahror Rahmatov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Shohrux Said
«Neftchi» U21:16. Ibroxim Shokirov,28. Rasuljonov Muhammadqodir, 50. Nurmuhammadov Fayzullo, 73. Olimov Elsevarbek, 40. Rashidov Abdulloh (66. Umirzakov Xasanboy ,71), 17. Murotov Azizbek(57. Maxsudbekov Sanjarbek 90), 79. Toxtasinov Asilbek( 78. Olimov Mujohidbek 80), 19. Erimbetov Azizbek(72. Akbarov Xusniddinbek 80), 29. Isakov Yahyoxon (80. Nurullaev Albert 81), 24. Umirzakov Xusan, 27. Sarsenbaev Nurbek.

Zaxiradagilar:
13. Nurmuhammadov Abdulmo‘min
25. Abdubannobov Omadillo
36. Berdiev Amirbek
37 Maxmudov Javohir

Bosh murabbiy: Sanjar Roman

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: