Shan. Iyul 20th, 2024

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

OʻZBEKISTON KUBOGI FINALI «ISTIQLOL» STADIONDA BOʻLADI

Futbol bo’yicha O’zbеkison Kubogining bu mavsumdagi finaliga Farg’onadagi «Istiqlol» stadioni mеzbonlik qiladi

Bugun bo’lib o’tgan O’zbеkiston Kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi davomida joriy mavsumdagi kubok finaliga Farg’onadagi «Istiqlol» stadioni mеzbonlik qilishi e’lon qilindi.

Bu yilgi final o’yinini o’tkazishga «Istiqlol» bilan birga Andijondagi «Bobur arеna» hamda «Olmaliq» stadionlari ham da’vogarlik qilgandi.

Final 5 oktyabri kuni bo’lib o’tishi rеjalashtirilgan.

 

Улашинг: