Avval xabar berganimizdek, jamoamiz yosh va istiqbolli yarim himoyachi — Asilbek Jumayev bilan shartnoma imzolagan edi. Yaqinda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo Kubogida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib qaytgan futbolchi 24-yanvardan boshlanadigan jamoamizni ikkinchi bosqichdagi mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Yosh, iqtidorli va katta salohiyatga ega bo‘lgan futbolchimizga jamoamiz tarkibini yanada kuchaytirishiga ishonamiz. Asilbek Jumayevga jamoamiz safida muvaffaqiyat, yorqin o‘yinlar va katta yutuqlar tilab qolamiz.
«Neftchi» PFK matbuot xizmati
