Chor. Yan 28th, 2026

"NEFTCHI"

Professional futbol klubi

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Jamoalar bir birlarining bo‘sh  tomonlarini aniqlash va shu asosda hujumni kuchaytirish yo‘llarini izlashga harakat qildilar. Lekin 28-daqiqada yigitlarimiz o‘ng qanotdan tezkor hujum uyushtirib, to‘pni jarima maydonchasi ichiga oshirdilar. Legioner hujumchimiz Zoran Marushich bu vaziyatdan mohirona foydalanib to‘pni raqiblar darvozasiga joylab qo‘ydi 1:0. Shu hisob bo‘lim oxirigacha o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda jamoamiz ancha ustunlikni qo‘lga oldi. Murabbiylarimizning yoshlarga imkoniyat berish maqsadida tarkibda qator o‘zgarishlar qilganliklari o‘z samarasini ko‘rsatdi. Ketma ket uyushtirilgan hujumlardan birida yosh futbolchimiz Nurbek Sarsenbayev raqiblar himoyachilarining xatosidan foydalanib, darvozaga ikkinchi to‘pni yo‘llab hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib chiqdi. Bu jamoamizning ishonchli g‘alabasi edi.

NAZORAT UCHRASHUVI
Turkiya, Belek shahri
20 yanvar soat 16:00

«NEFTCHI» – «SEPTEMVRI»  2:0
Gollar: Zoran Marushich, 28′(1:0),  Nurbek Sarsenbayev’83′(2:0)

45.Akbar To‘rayev(Botirali Ergashev) 4.Boyan Siger   (MuhammadqodirRasuljonov)
8.Vladimir Yovovich(Daler Tuxsanov) 9.Hurshid Gʻiyosov(Abror Ismoilov)
10.Jamshid Iskanderov(Azizbek Erimbetov) 20.Anvar Gʻofurov
(Nurmuhammad Abdug‘aniyev) 21.Muxsin Ubaydullayev(Ibrohim HalilYo‘ldoshev) 23.Yovan Jokich(Mo‘minxon Bahodirxonov)
32.Zoran Marushich(Nurbek Sarsenbayev) 34.Farrux Sayfiyev(Ikrom Aliboyev)
2.Izzatillo Po‘latov(Farhod Sohibjonov)

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Улашинг: