Yangiliklarga qaytish
Onlayn

UMAR ADHAMZODA "PAXTAKOR"GA TRANSFER QILINDI.

21-dekabr, 2023·1 min o'qish·2

Yorqin va hujumkor oʻyinlari bilan muxlislar mehrini qozongan mohir himoyachi Umar Adhamzoda keyingi faoliyatini Toshkentning "Paxtakor" jamoasida davom ettiradigan boʻldi. Uning "Neftchi" bilan amaldagi shartnomasi hamda moliyaviy muammolarni poytaxt klubi oʻz mablagʻi hisobiga hal etishga rozilik bildirdi va yakunda futbolchi "Paxtakor" futbol klubiga transfer qilindi. Umar Adxamzoda oʻtgan mavsumda Oʻzbekiston Superligasida 24 uchrashuvda maydonga chiqdi va uch gol urib, yana shuncha golga assistentlik qildi. Shuningdek futbolchi Oʻzbekiston kubogi musobaqasida ikkita uchrashuvda maydonga chiqib ikki gol muallifiga aylangan. Umar jamoamiz safida 3 yildan buyon toʻp surib, 69 uchrashuvda maydonga chiqdi va 6 ta gol kiritib, 10 ta golga assistentlik qilgan. "Neftchi" rahbariyati futbolchiga jamoanining rivojiga qoʻshgan munosib hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, uning keyingi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. "NEFTChI" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar