NEFTCHI”DAN 5 FUTBOLCHI MILLIY TERMA JAMOAGA CHAQIRILDI!
5-may, 2026·1 min o'qish·1

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldida muhim sinov — FIFA Jahon chempionati (11 iyun – 19 iyul) turibdi. Ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida terma jamoamiz 6-maydan boshlab Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi. Shuningdek, jamoa 26-maydan e’tiboran Kanada va AQShda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. ⚡️ Ushbu yig‘in va uchrashuvlar uchun “Neftchi” klubidan quyidagi futbolchilar terma jamoaga jalb etildi: ⏺Botirali Ergashev ⏺Farrux Sayfiyev ⏺Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ⏺Alisher Odilov ⏺Jamshid Iskanderov 💛🖤 Omad tilaymiz, yigitlar! "Neftchi" PFK matbuot xizmati