Yangiliklarga qaytish
Yoshlar

U-19 CHEPIONATI: BIRINCHI DAVRA YAKUNLANDI

16-iyun, 2026·1 min o'qish·4
nEFTCHI u19

U-19 CHEPIONATI: BIRINCHI DAVRA YAKUNI XISOBOTI

13 iyun kuni U-19 chempionatining 9-tur bahslaridan so‘ng birinchi davra uchrashuvlarini yakunlagan jamoalar ta’tilga yo‘l olishdi.

"Sharq" mintaqasida ishtirok etayotgan Gʻayrat Hasanov bosh murabbiyligidagi "Neftchi"U-19 jamoamiz birinchi davrada namoyish etgan barqaror va mazmunli o‘yinlari hamda irodali xarakteri tufayli o‘tkazilgan 9ta o‘yinda 5ta g‘alaba,1ta durang va 3ta mag‘lubiyat natijasini qayd etib,16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda.Jamoa barcha uchrashuvlarda raqiblar darvozasiga 29ta to‘p kiritib,o‘z darvozalaridan 8ta to‘p o‘tkazib yuborgan.Shu bilan birga jamoamiz yoshlari U-19 chempionatida sermahsullik ko‘rsatib,eng yirik g‘alaba bo‘yicha o‘ziga xos rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi.Chempionatning 5-turida "Gʻazalkent"U-19 klubini qabul qilgan yoshlarimiz raqiblar darvozasini 18 marta ishg‘ol etishdi.Ushbu bellashuvda esa jamoamiz vakili Mirjahon To‘ychiboyev "Gʻazalkent" darvozasiga beshta to‘p kiritib,to‘purarlar poygasida ishtirok etmoqda.Ta’kidlash joiz,jamoaning erishgan barcha g‘alabalari o‘z maydonida qo‘lga kiritilgan bo‘lib,qayd etilgan yagona durang va uchta mag‘lubiyat safarda yuz bergan.Uy va safar uchrashuvlarida qayd etilgan natija va gol mualliflarini keltirib o‘tamiz.

Uyda:
21 aprel 1-tur
"Neftchi"-"Yaypan" 2:0
(Abdusattor Muhammadov, Amirbek Berdiyev)
7 may 3-tur
"Neftchi"-FarDU 3:0
(Nodirbek Madaminov, Abdusattor Muhammadov, Abdulloh Anvarov)
20 may 5-tur
"Neftchi"-"Gʻazalkent" 18:1
(Mirjahon To‘ychiboyev 5ta,Yahyobek To‘xtashev 3ta, Abdusattor Muhammadov 2ta,Shohruhbek Rahmonaliyev 2ta,Abdumajid Jamoliddinov,Sanjar Olimjonov,Abdulloh Anvarov,Jasur Qurbonov,Sardor Roziqov,Azizbek Gʻanijonov)
31 may 7-tur
"Neftchi"-"Qo‘qon-1912" 3:0
(Abdulloh Anvarov,Abdulloxon Alisherov,Azizbek Gʻanijonov)
13 iyun 9-tur
"Neftchi"-Respublika FA 2:1
(Davlatyor Xojiakbarov)

Safarda:
27 aprel 2-tur
"Bunyodkor"-"Neftchi" 2:0
16 may 4-tur
OKMK-"Neftchi" 2:0
26 may 6-tur
"Andijon"-"Neftchi" 1:1
(Abdusattor Muhammadov)
7 iyun 8-tur
"Navbahor"-"Neftchi" 1:0


Xulosa o‘rnida aytish mumkinki,uy uchrashuvlarida ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritgan futbolchilarimiz ruhiy jihatdan ustunlikni namoyon etib,mavsum davomida yuqori o‘rinlar uchun kurashish salohiyatiga ega ekanliklarini isbotladilar.Ammo, barqarorlikni saqlab qolish uchun mag‘lubiyatlardagi xatolar ustida izchil ish olib borish talab etiladi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar