Yangiliklarga qaytish
Onlayn

SANJAR QUVVATOV “NEFTChI" KLUBI AʼZOSI !

27-dekabr, 2023·1 min o'qish·3
IMG_20231227_172357_760

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun tajribali darvozabon Sanjar Quvvatov "Neftchi" jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning darvoza dahlsizligini qoʻriqlaydi Maʼlumot uchun, Sanjar Quvvatov joriy yilni Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi Toshkentning “Paxtakor" klubida oʻtkazdi. Futbolchi oʻtgan mavsumda jami 20 uchrashuvda 1800 daqiqa harakat qilib, darvozasidan 19 ta gol olib chiqdi. Futbolchi faoliyati davomida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalar tarkibida, shuningdek, "Mashal" va "Nasaf" klublarida ham toʻp surgan.Superligada jami 144 uchrashuvda maydonga chiqib darvozasidan 121ta gol olib chiqqan. Ahil jamoamiz va koʻp sonli muxlislarimiz nomidan Sanjar Quvvatovga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar