MICHEL AUGUSTO — RASMAN «NEFTCHI» FUTBOLCHISI!

MICHEL AUGUSTO — RASMAN «NEFTCHI» FUTBOLCHISI!
«Neftchi» himoya chizig‘ini Braziliya futbol maktabining vakili bilan kuchaytirdi!
Braziliyalik markaziy himoyachi Michel Augusto Modesto Rafael dos Santos yangi mavsumdan boshlab Farg‘ona klubi sharafini himoya qiladi.
🇧🇷 23 yoshli Michel Augusto 2003-yil 20-may kuni Braziliyaning Avaré shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi — 1,90 metr. Markaziy himoyachi sifatida harakat qiladigan Michel jismoniy kuchi, ishonchli himoyasi va maydondagi xarakteri bilan ajralib turadi.
Michel Braziliyaning eng mashhur futbol akademiyalaridan biri — «Palmeiras» tarbiyalanuvchisi.
U klub akademiyasidan boshlab asosiy jamoagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi va «Palmeiras» safida Braziliya A Seriyasida maydonga tushdi.
Michel yoshlar darajasidanoq Braziliya terma jamoalari e’tiborida bo‘lgan.
🇧🇷🇺🇿 Braziliya terma jamoasi safida O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan!
Bu esa Michelning xalqaro tajribasi va yuqori darajadagi futbol muhitida shakllanganini yana bir bor ko‘rsatadi.
Shuningdek, u 2023-yilda Michel Braziliya U-23 terma jamoasi bilan Panamerika o‘yinlarida ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Turnir davomida himoyachi 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
🏆 Michelning faoliyatidagi muhim yutuqlar:
• 🏆 2× Libertadores — «Palmeiras»
• 🏆 Braziliya A Seriyasi
• 🏆 Braziliya Kubogi
• 🏆 Recopa Sudamericana
• 🏆 Paulista chempionati
• 🥇 Panamerika o‘yinlari — Braziliya U-23
Endi esa yangi sahifa — Farg‘ona va «Neftchi»!
Osiyo Elit Chempionlar Ligasi oldidan jamoamiz himoya chizig‘iga Braziliya futbol maktabidan yangi kuch qo‘shildi.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
MUNOSIB MEHNATGA — YUKSAK E’TIROF
MUNOSIB MEHNATGA — YUKSAK E’TIROF
ISTEʼDODLI YOSHLARIMIZ U-20 TERMA JAMOASIGA JALB ETILDI
ISTEʼDODLI YOSHLARIMIZ U-20 TERMA JAMOASIGA JALB ETILDI
Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi
Anvar G‘ofurov jarohati sabab safdan chiqdi