MANUChEXR SAFAROV “NEFTChI" KLUBI AʼZOSI !

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Tojikiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Manuchexr Safarov bugun "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning yarim himoya chizigʻida harakat qiladigan boʻldi. Jamoamiz futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Maʼlumot uchun, Manuchexr Safarov oʻtgan mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” klubida oʻtkazdi. Yarim himoyachi Pro liga musobaqasida jami 13 uchrashuvda 1074 daqiqa harakat qilib, 1ta gol urishning uddasidan chiqdi. Futbolchi faoliyati davomida Tojikistonning "Xoʻjand", "Lokomotiv" va "Istiqlol" klublarida toʻp surgan, shuningdek 2022 yilda Eronning "Persepolis" klubida ham faoliyat olib borgan. Manuchexr Safarov Tojikistonning turli yoshdagi terma jamoalarida va 2019 yildan buyon milliy terma aʼzosi hisoblanadi. Manuchexr Safarovga jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz! XUSh OMADED MANUChEXR ! "Neftchi" PFK mat buot xizmati