Yangiliklarga qaytish
Onlayn

JASUR JALOLIDDINOV "NEFTChI" AʼZOSI

29-dekabr, 2023·1 min o'qish·3
IMG_20231229_170344_065

Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Oʻtgan mavsumda "Olimpik" tarkibida toʻp surgan iqtidorli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov "Neftchi" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Maʼlumot oʻrnida, Jasur Jaloliddinov oʻtgan mavsumda Superliga musobaqsida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylandi va 3 ta golga assistentlik qildi.Shuningdek, futbolchi Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining sardori sifatida shu kungacha koʻplab rasmiy va oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonda harakatlanmoqda. Ahil jamoamiz va koʻp sonli muxlislarimiz nomidan Jasurga fargʻonaliklar safida yanada gʻayrat va shijoat bilan harakat qilib, "Neftchi" sharafini munosib hissa qoʻshishidagi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar