Yangiliklarga qaytish
Onlayn

IBRATLI SIFAT SAQLAB QOLINADI

9-dekabr, 2023·1 min o'qish·2
istiqlol-stadium

Fargʻonadagi "Istiqlol" markaziy stadioni mamlakatimizdagi eng chiroyli va muhtasham oʻyingohlaridan biridir. Stadionda maydonning futbolchilar harakatiga har jihatdan qulay sharoitga keltirish uchun juda katta texnologik va yangilash ishlari amalga oshirilgan. Shu bois, Fargʻona oʻyingohi qish boshlangan hozirgi sharoitda ham tekis va yam yashil chiroyini saqlab turibdi. Bu maftunkorlikni kelgusi mavsumgacha davom ettirish uchun stadion ishchi va mutaxassislari bugun ana shu murakkab ishlarni amalga oshirish maqsadida maydonni maxsus matolar bilan qoplash ishlarini yakuniga yetkazdilar. Bu qoplamalar har qanday sharoitda ham maysaning normal oʻsishi va saqlanib qolishini taʼminlaydi. Oʻyingohni ziyorat qilgan futbol mutaxassislari bajarilgan ishlar koʻngildagidek natijalar berishiga ishonch hosil qildilar. "Neftchi" futbol klubi jamoasi va muxlislarimiz nomidan stadion ishchi-xizmatchilariga samimiy minnatdorchilik izhor etamiz. https://youtu.be/ljHnoZPfERY?si=RTXB_2izjpZaVla1

Ulashish

O'xshash yangiliklar