BILOLXON TOShMIRZAEV ShARTNOMANI UZAYTIRDI
24-dekabr, 2023·1 min o'qish·2

Bilolxon Toshmirzaev "Neftchi"ning mahoratli oʻyinchilaridan biri. 2023 yil mavsumida u qator masʼuliyatli uchrashuvlarda hujumkor oʻyin koʻrsatib, jamoa gʻalabalariga munosib hissa qoʻshib kelayotganligi bois muxlislar va murabbiylar ishonchini qozongan. Bilolxon oʻz mahoratini 2024 yilgi mavsumda ham shu jamoada davom ettirishga qaror qilib, shartnoma muddatini uzaytirishga imzo chekdi. Unga yaxshi orzu-niyatlari ijobat boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati