Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SARDOR ABDUNABIEV "NEFTChI" AʼZOSI!

16-fevral, 2021·1 min o'qish
IMG_20210216_124403_676

Yangi futbol mavsumi oldidan jamoa oʻzagini shakllantirish maqsadida transfer sohasida ish yuritayotgan murabbiylar shtabi Toshkentdagi oʻquv-yigʻin jarayonida jamoaga iqtidorli futbolchilarni taklif etib,koʻrikdan oʻtkazishda davom etmoqda Bungacha Olmaliqning AGMK klubida faoliyat yuritib kelgan va kelajakka umid bagʻishlayotgan iqtidorli futbolchi Sardor Abdunabiev "Neftchi" PFK yigʻinida ishtirok etib,yaxshi taassurot qoldirgan. Murabbiylar shtabi unga katta ishonch va umid bogʻlagan holda,u bilan joriy yil oxirigacha ijara shartnomasini rasmiylashtirishdi. Boʻlajak futbol mavsumida "Neftchi" klubi sharafini munosib himoya qilishdagi faoliyatida Sardor Abdunabievga ulkan zafarlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar