VILOYaT KUBOGI START OLDI
27-noyabr, 2020·1 min o'qish

Fargʻona viloyati 2 liga musobaqalari yakunlanganidan soʻng, jamoalar viloyat kubogi uchun kurashga kirishdilar. Bugun Qoʻqondagi "Kimyogar" stadionida kubokning 1/4 final bosqichida Yaypanning "Turon" U-18 hamda Fargʻonaning "Neftchi" U-18 jamoalari kuch sinashdilar.Qiziqarli kechgan oʻyinda fargʻonalik yoshlar 0:2 hisobida zafar quchishdi.Gollarga Aziz Olimov va Hurshid Madaminovlar mualliflik qilishdi. Bu gʻalaba jamoamizni keyingi 1/2 final bosqichiga olib chiqdi. "Neftchi" matbuot xizmati