KUTILGAN GʻALABA!

"Neftchi"ning Turkiya futbol maydonlaridagi yangi mavsumga tayyorgarlik yuzasidan belgilangan reja asosida bugun" Leningradets" bilan nazorat oʻyini oʻtkazildi. Mutaxassis va muxlislar dastlabki ikki uchrashuvni durang bilan yakunlagan fargʻonalik futbolchilar uchinchi bahsda oʻoʻlarining nimaga qodir ekanliklarini namoyish etsalar kerak deb taxmin qilgan edilar. Bu taxmin oʻzini oqladi. Futbolchilarimiz peterburglik raqiblar bilan jiddiy va hujumkor oʻyin koʻrsatdilar.Jamoaga yangi qabul qilingan Sanjar Qodirqulov hamkasblarini qoyil qoldirib, uchrashuvning 7-daqiqasidayoq "Leningradets" darvozasiga toʻp kiritishga muvaffaq boʻldi. Raqiblarning hisobni tenglashtirish va oldinga oʻtish borasidagi barcha urinishlari uchrashuv oxirigacha natija bermadi. "Neftchi" bu bellashuvni ishonchli gʻalaba bilan yakunladi. Vitaliy Levchenko shogirdlarini dastlabki gʻalaba bilan qizgʻin tabriklab, kelgusi uchrashuvlarni ham yuksak saviyada oʻtkazishlarini tilaymiz. Bunungi uchrashuvda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga chiqdi. "Neftchi" 1:0 "Leningradets" Gol: Sanjar Qodirqulov 7' 1:0. "Neftchi": 12.Sanjar Quvvatov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 20.Anvar Gʻofurov, 22.Jaloliddin Jumaboev(Doniyor Valiev 70), 5.Boyan Siger, 70.Abbos Gʻulomov, 15.Javohir Qaxramonov(Sharof Muxiddinov 60), 23.Diyor Turopov, 17.Sanjar Qodirqulov, 11.Bexruz Oblakulov ( Mirzoxid Gʻofurov 45), 77.Bilolxon Toshmirzaev . Jamoa bosh murabbiyi: Vitaliy Levchenko "Neftchi" PFK matbuot xizmati