FUTZAL. IKKINChI OʻYINDA GʻALABA
May 3, 2021·1 min read

Samarqand shahrida oʻtayotgan futzal boʻyicha Birinchi liga bellashuvlarining ikkinchi kunida "Neftchi" jamoasi Navoiyning "Qizilqum" klubi bilan uchrashdi. Qiziqarli kechgan bahsda Farrux Zokirov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi. "Qizilqum"-"Neftchi" 2:3 Gollar: Laziz Rahmatullaev(21),Javohir Shodiev(34) - Mavlon Gʻaniev(8),Shuhratbek Rashidov(22),Sardorbek Alisherov(27) Ertaga 3 may dushanba kuni "Neftchi" jamoasi "Surxon" klubiga qarshi maydonda harakatlanadi. "Neftchi" matbuot xizmati