DIYoR ALIJONOV VA RUSTAM MELIBOEVLARNI TABRIKLAYMIZ!
May 21, 2020·1 min read·1

Bugun "Neftchi" futbol klubining murabbiyi Diyor Alijonov hamda video operatori Rustam Meliboevlarning tavallud ayyomlari. Shu munosabat bilan jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi, ishchi-xodimlari va muxlislari nomidan ularni tugʻilgan kunlari bilan tabriklab, sogʻlik-omonlik, tinchlik-totuvlik, oilaviy baxt va mehnat faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, hurmatli jamoadoshlar! "Neftchi" matbuot xizmati