Superliganing 25-tur bellashuvida sevimli «Neftchi» jamoamiz turnir jadvalida 40 ochko bilan oltinchi oʻrinni band etib kelayotgan OKMK klubini qabul qiladi.
Oʻzaro oʻyinlar statistikasiga e’tibor qaratamiz. «Neftchi» jamoasi OKMK klubi bilan milliy chempionatimiz doirasida jami 31 marta toʻqnashgan boʻlib, mazkur bellashuvlarning 14 tasida «Neftchi» ustunlik qilgan. 9 ta oʻyinda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan va 8 ta uchrashuvda OKMK gʻolib boʻlgan. Umumiy toʻplar nisbati 53-41 fargʻonaliklar foydasiga. Oʻzaro oʻyinlarda «Neftchi»ning eng yirik gʻalabasi 4:0 bilan yakun topgan boʻlsa, OKMKda bu koʻrsatkich 3:0 hisobida qayd etilgan.
Fargʻonada boʻlib oʻtgan soʻnggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha
26.05.2024.
«Neftchi»-OKMK 1:0
31.03.2023.
«Neftchi»-OKMK 2:2
02.11.2022.
«Neftchi»-OKMK 1:3
31.10.2018.
«Neftchi»-OKMK 1:1
05.04.2018.
«Neftchi»-OKMK 1:3
Eslatib oʻtamiz, Superliganing 25-tur doirasida kechadigan «Neftchi»-OKMK uchrashuvini Doston Rahmonov bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Bellashuv 19 oktyabr soat 18:15 da start oladi.
Ertangi bellashuvda sevimli jamoamizga ishonchli gʻalaba bilan oʻz muxlislarini xursand etib, chempionlik sari dadil qadam tashlashlarini tilaymiz.
